Misrda avtobuslar to‘qnashuvi: qurbonlar ko‘p

Misrning markaziy qismidagi Soxag viloyatida avtobus bilan mikroavtobus to‘qnashuvi natijasida yetti kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohat oldi, deya xabar berdi Akhbar el-Yom portali.
Aniqlik kiritilishicha, Kena shahridan Misr poytaxti Qohiraga ketayotgan yo‘lovchi avtobusi va mamlakat shimolidagi Mersa-Matrux shahridan al-Balabish qishlog‘iga ketayotgan mikroavtobus al-Koshex qishlog‘iga kiraverishda to‘qnashgan. Natijada yetti kishi hayotdan ko‘z yumgan, 11 kishi turli darajada jarohatlangan. Rasmiylar ushbu hodisa yuzasidan tekshiruvni boshlashdi.
Misr yo‘l infratuzilmasi yomonligi bilan ajralib turadi. Misr Markaziy statistika byurosining (CAPMAS) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019-yilda mamlakatdagi yo‘l-transport hodisalarining deyarli 80 foiziga inson omili sababchi bo‘lib, qariyb 3500 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboniga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter