Maymun chechagining nomi o‘zgartiriladi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi (monkey pox) virusining nomini o‘zgartirish ustida ishlamoqda. Bu haqda tashkilot rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus bugun, 15-iyun kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Buning uchun jahon ekspertlari jalb qilingan.
«Yangi nomni imkon qadar tezroq e’lon qilamiz. Maymun chechagi global miqyosda tarqalayotgani g‘ayriodatiy va tashvishlidir», — dedi Gebreyesus.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi tarqalishining jahon hamjamiyatiga ta’sirini baholash uchun 23-iyunda favqulodda qo‘mitani yig‘ishi haqida xabar bergandik.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda maymun chechagi bo‘yicha 39 mamlakatda 1600 ta tasdiqlangan, 1500 ta shubhali holat aniqlangan, 72 ta o‘lim holati qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter