Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marshal Abdul-Rashid Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi

Marshal Abdul-Rashid Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi

Afg‘oniston o‘zbeklar jamiyati yetakchisi, marshal Abdul-Rashid Do‘stum Turkiyada davolanish muolajasini o‘tab vataniga qaytdi. Bu haqda  Tolo news xabar berdi. 

Do‘stum iyun oyining ikkinchi yarmida Afg‘onistonni tark etgan edi. Ba’zi ommaviy axborot vositalari turli viloyatlarda Tolibon harakatining keng ko‘lamli hujumi avj olgan paytda uning to‘satdan ketishidan hayratda qoldilar. Xususan hujumlar o‘zbeklar yashaydigan shimoliy viloyatlarda ham boshlangandi.

Shu bilan birga, marshalning rasmiy vakillari Do‘stum rasmiy tashrif bilan Turkiyaga borgani va davolangani, uning qandli diabet bilan jiddiy muammolari borligi ma’lum qilindi.

90-yillarda Do‘stum Tolibonga qarshi kurashda nisbatan muvaffaqiyatga erishgan va o‘z armiyasini boshqargan va Shimoliy alyans rahbarlaridan biri bo‘lgan. AQSh armiyasi 2001 yilda Afg‘onistonga kirganida unga yordam ko‘rsatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring