Marshal Do‘stum «Tolibon» hokimiyatga kelgandan so‘ng ilk bor ko‘rinish berdi
Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti, etnik o‘zbeklarning yirik vakili Abdulrashid Do‘stum «Tolibon» hokimiyatga kelgandan so‘ng ilk bor ko‘rinish berdi.
Uning surati sobiq parlament deputati Hoji Muhammad Muhaqqiy tomonidan e’lon qilingan.
Muhaqqiy ikki o‘rtada «do‘stona uchrashuv» bo‘lgani haqida yozgan.
Eslatib o‘tamiz, Do‘stum toliblar avgustda hokimiyatni egallagach, g‘oyib bo‘lgandi. Shundan so‘ng u bir necha bor internetda bayonot bilan chiqdi.
Jumladan u toliblarga bir necha shart qo‘yib, talablar bajarilmasa urush muqarrarligidan ogohlantirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter