Manba: Abdurashid Do‘stum O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tdi
Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat bo‘yicha yangi xabarlar chiqishda davom etmoqda.
Jumladan, Tashqi ishlar vaziri rasmiy vakili Yusuf Kabuljanovning davletovuz’ kanaliga ma’lum qilishicha, vaziyatga qaramay O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi va Mozori Sharifdagi konsulligi faoliyatini davom ettirmoqda hamda xodimlar hali evakuatsiya qilingani yo‘q.
Shuningdek, O‘zbekiston hukumati Afg‘onistondan O‘zbekistonga o‘tgan qochqinlar masalasida amaldagi hukumat va «Tolibon» harakati bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Rossiyaning RIA «Novosti» agentligi manbasiga ko‘ra, marshal Abdurashid Do‘stum chegarani kesib o‘tgan va hozirda O‘zbekiston hududida qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter