Abdurashid Do‘stum va Ashraf G‘ani O‘zbekistondami?
So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning ayrim arboblari va etnik guruhlari rahbarlari O‘zbekiston hududida bo‘lib turgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqatilmoqda.
Xususan, Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani, marshal Abdurashid Do‘stum, Ota Muhammad Nur va boshqalar O‘zbekistonga qochib o‘tgani aytilgan edi.
«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, bunday xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Ashraf G‘ani Ummonga uchib ketgan, Abdurashid Do‘stumning qayerdaligi hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter