Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyodagi eng katta masjid qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

Markaziy Osiyodagi eng katta masjid qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

Foto:«Asia Plus»

Tojikistonning Dushanbe shahrida joylashgan Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid 2019 yilning  avgust oyida ishga tushadi. Bu haqda Tojikistonning «Asia Plus» nashri xabar berdi. 

Mazkur masjidda bir vaqtning ichida 120 ming kishi ibodat qilishi mumkin.

2009-yilda  Tojikiston prezidenti tashabbusi bilan mazkur masjidga ilk poydevor qo‘yilgan edi.

Masjid loyihasi Qatar va Tojikiston mutaxassislar hamkorligida ishlab chiqilgan bo‘lib, har biri 75 metr balandlikdagi to‘rtta minora, 47 metrlik  bosh gumbaz va 20 ta katta-kichik gumbazlardan tashkil topgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring