Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malida harbiy to‘ntarish: prezident iste’foga chiqdi

Malida harbiy to‘ntarish: prezident iste’foga chiqdi

Ibrohim Bubakar Keyta.

Foto: «Reuters»

Mali prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta o‘z iste’fosini va parlament tarqatib yuborilishini e’lon qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Shu paytdan e’tiboran o‘z vakolatlarimni to‘xtatishga qaror qildim... Mening hukumatim saqlanib qolishi uchun qon to‘kilishini istamayman», — dedi prezident Keyta.

Uning ushbu murojaati davlat televideniyesi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilgan.

Malida iqtisodiy inqiroz ortidan poytaxt Bamako yaqinidagi harbiy bazada isyon boshlangan. Harbiy isyonchilar prezident saroyi tomon yurish qilib, Bosh shtabni qo‘lga kiritishgan. Keyinchalik ular prezident Ibrohim Bubakar Keyta hamda bosh vazir Buba Sisseni qo‘lga olishgan.

BMT Bosh kotibi, Yevropa ittifoqi hamda g‘arbiy Afrika mamlakatlari Malidagi davlat to‘ntarishiga o‘z munosabatlarini bildirib, zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, mamlakat hududiy yaxlitligini saqlab qolishga chaqirishmoqda.

Ma’lumot uchun: Mali — G‘arbiy Afrikada joylashgan, dengizga chiqish yo‘llari yo‘q. Qit’adagi eng qashshoq va notinch mamlakatlardan biri. 

  • Hududi — 1,24 mln. kv. km.
  • Aholisi — 19,34 mln. (2018 y.) 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring