Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maldiv orollari hukumati Isroil fuqarolari uchun eshiklarini yopmoqchi

Maldiv orollari hukumati Isroil fuqarolari uchun eshiklarini yopmoqchi

Maldiv orollari respublikasi Isroil fuqarolarining o‘z hududiga kirishini taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Bu haqda 2-iyun, yakshanba kuni mamlakat Milliy xavfsizlik va texnologiyalar vaziri Ali Ehson ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, bu boradagi qaror Hukumat tavsiyasiga ko‘ra ishlab chiqilib, davlat rahbari tomonidan imzolangan.

Endi ushbu qaror kuchga kirishi uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi.

Isroil bilan diplomatik aloqalarni qo‘llab-quvvatlamayotgan mazkur davlat G‘azo sektoridagi falastinliklar bilan birdamlik belgisi sifatida ushbu qadamni tashlagan.

Maldiv orollari prezidenti idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari, shuningdek, Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha BMTning Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) orqali falastinliklarga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasini boshlashni buyurgan. Shu bilan birga muhtoj falastinliklarning ehtiyojlarini baholash uchun maxsus vakil tayinlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring