Maldiv orollari hukumati Isroil fuqarolari uchun eshiklarini yopmoqchi
Maldiv orollari respublikasi Isroil fuqarolarining o‘z hududiga kirishini taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bu haqda 2-iyun, yakshanba kuni mamlakat Milliy xavfsizlik va texnologiyalar vaziri Ali Ehson ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, bu boradagi qaror Hukumat tavsiyasiga ko‘ra ishlab chiqilib, davlat rahbari tomonidan imzolangan.
Endi ushbu qaror kuchga kirishi uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi.
Isroil bilan diplomatik aloqalarni qo‘llab-quvvatlamayotgan mazkur davlat G‘azo sektoridagi falastinliklar bilan birdamlik belgisi sifatida ushbu qadamni tashlagan.
Maldiv orollari prezidenti idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari, shuningdek, Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha BMTning Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) orqali falastinliklarga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasini boshlashni buyurgan. Shu bilan birga muhtoj falastinliklarning ehtiyojlarini baholash uchun maxsus vakil tayinlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter