Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mahkum-53» qatlga bir necha soat qolganida afv etildi

«Mahkum-53» qatlga bir necha soat qolganida afv etildi

Foto: «RIA Novosti»

«RIA Novosti» yozishicha, amerikalik Jimmi Meders qatl etilishiga bir necha soat qolganida afv etildi.

Meders do‘konga o‘g‘irlikka tushib, sotuvchini o‘ldirgani uchun 1989-yili o‘lim jazosiga hukm qilingandi.

O‘lim jazosini umrbod qamoqqa almashtirish qarorini qabul qilishda bu ishga daxldor barcha omillar, xususan, 1987-yildagi hay’at qarori inobatga olinda. O‘shanda garchi ular umrbod qamoq uchun ovoz berishgan bo‘lsa-da, yakunda Jorjiya shtati qonuni bunga izn bermagandi.

«Ushbu jinoyatni sodir etgunga qadar ayblanuvchi sudlanmaganini hisobga olib, kengash uni afv etishga qaror qildi. Qolaversa, Meders o‘limga hukm etilganlar kamerasida 30 yil davomida bir marta kichik qoidabuzarlik sodir etgani va hay’at a’zolarining Medersga umrbod qamoq jazosini berish talabida qattiq turgani e’tiborga olindi», — deyiladi Jorjiya shtati Afv etish va shartli-muddatdan avval ozod etish kengashi bayonotida

Ma’lumot uchun: Jimmi Meders Jorjiya shtatida in’yeksiya yo‘li bilan qatl etilgan 53-mahkum bo‘lishi kerak edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring