Lukashenko Belarus qanday holatda urushga qo‘shilishini aytdi
Kecha 16 fevral kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina tomonidan Belorus hududiga tajovuz bo‘lgandagina Minsk jangovar harakatlarga kirishishini aytdi.
«Men Belarus hududidagi rus askarlari bilan birgalikda faqat bitta holatdagina Ukrainaga qarshi jang qilishga tayyorman. Agar Ukrainadan hech bo‘lmaganda bitta askar Belarus hududiga mening xalqimni o‘ldirish uchun kelsa, urush umuman boshqacha ko‘rinishida davom etadi», – deydi Lukashenko.
Belarus prezidentining tushuntirishicha, bu so‘zlar nafaqat Kiyevga, balki boshqa qo‘shni davlatlarga ham tegishli.
Shuningdek, U hozirda rasmiy Minsk Ukraina hududiga qo‘shin yuborishni rejalashtirmayotganini ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, bugun Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter