Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Livanda 25-aprel motam kuni deb e’lon qilindi

Livanda 25-aprel motam kuni deb e’lon qilindi

Livan Respublikasi bosh vaziri Najib Mikati dushanba, 25-aprelni mamlakatda milliy motam kuni, deb e’lon qildi.

Livanning Tripoli shahri porti janubida (Bayrutdan 90 km) suriyalik qochoqlar ortilgan kema halokatga uchragandi. Mamlakat armiyasi vakili xabariga ko‘ra, to‘qqiz kishining (bir nafari bola) jasadi topilgan. 48 kishi qutqarilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Kemada jami qancha qochoq bo‘lgani hamon noma’lumligicha qolmoqda.

Tripoli porti direktori Ahmad Tamerning aytishicha, kema 300 metr chuqurlikka g‘arq bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga uchragan kema 30 kishilik kater bo‘lgan, ikki baravar ko‘p yuk tushishi oqibatida cho‘kib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring