«KXShT yo‘q bo‘lsa, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Qozog‘istonga yomon bo‘ladi» – Lukashenko
Kecha, 23 noyabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda bo‘lib o‘tgan KXShT sammitida Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko agarda KXShT yo‘q bo‘lsa, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Qozog‘istonga yomon bo‘lishini aytib o‘tdi.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, KXShT taqdiri Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasining muvaffaqiyatiga bog‘liq.
«Agarda Rossiya Ukrainada yutqazsa, KXShT tashkiloti yo‘q bo‘ladi. Agarda KXShT yo‘q bo‘lsa, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Qozog‘istonga yomon bo‘ladi», deydi Lukashenko.
Ma’lumot uchun, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) harbiy-siyosiy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter