Bugun Aleksandr Lukashenkoning yettinchi inaguratsiyasi o‘tkaziladi

Belarus prezidentligiga qayta saylangan Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiya marosimi bugun, 25-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat MSKga asoslanib BelTA xabar berdi.
Marosim mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da boshlanadi.
Markaziy saylov komissiyasi 3-fevral kuni Belarus prezidentligi uchun saylov yakunlarini e’lon qilgan va unga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko 86,82 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgandi.
Aleksandr Lukashenko 1994-yildan buyon Belarusdagi eng oliy davlat lavozimini egallab kelmoqda, navbatdagi prezidentlik muddati — qatorasiga yettinchisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter