Kurskka hujum qilishda Zelenskiyga kimlar qarshilik qilgandi?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kursk viloyatiga hujum qilish g‘oyasini ilk bor 2024 yil boshida o‘ylab topgan, deb yozadi Politico Ukrainaning ikki harbiy manbasiga tayanib.
Ularga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy va yana bir qancha qo‘mondonlar bu taklifga qarshi chiqqan.
Manbalarga ko‘ra, Valeriy Zalujniy prezidentdan Kursk viloyatida hududlar egallagandan so‘ng mojaroni rivojlantirish variantlari haqida so‘ragan. «U Zelenskiydan hech qachon aniq javob olmadi. U buni tavakkal ish deb hisobladi», dedi Politico manbalaridan biri.
80-havo hujumi brigadasining sobiq qo‘mondoni Emil Ishqulov ham Kursk viloyatidagi amaliyotga qarshi chiqdi. Uning fikricha, Ukraina harbiylari «Rossiya hududida juda zaif bo‘lib qolishi va yo‘qotishlar soni keskin oshishi» mumkin. Keyinchalik u ham ishdan bo‘shatildi.
Avgust oyida Oliy Rada deputati Maryana Bezuglaya Valeriy Zalujniy Kursk viloyatiga qilingan hujumga qarshi chiqqani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, u bu g‘oyani Ukraina Qurolli kuchlarining amaldagi bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy qo‘llab-quvvatlaganini aytdi.
8 fevral kuni Vladimir Zelenskiy Valeriy Zalujniy o‘rniga Aleksandr Sirskiyni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinladi. May oyida janob Zalujniy Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter