Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kreml Baydenning «nordon bayonoti»ga javob qaytardi

Kreml Baydenning «nordon bayonoti»ga javob qaytardi

Kreml AQSh prezidenti Jo Baydenning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin haqidagi so‘zlarini «o‘ta yomon bayonotlar» sirasiga kiritgan. Amerika rahbari aftidan, Moskva bilan munosabatlarni yaxshilamoqchi emas. Biz ham ayni holatni chetlab o‘tishga harakat qilamiz, deydi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar savollariga javob berar ekan.

Avvalroq Bayden ommaviy axborot vositalarida rossiyalik hamkasbini «qotil» deb biladimi yoki yo‘qmi degan savolga javob berar ekan, «albatta u qotil» deb javob bergan edi.

Shuningdek, u Putin Amerika saylovlariga go‘yo aralashgani uchun «javob» berishini ta’kidlagan. 

«Men  ochiqchasiga gapirmagan bo‘lar edim. Aytishim mumkinki, bu AQSh prezidentining juda yomon bayonotlaridan biri. U bizning mamlakatimiz bilan munosabatlarni yaxshilashni istamaydi va biz ham xuddi shu yo‘lda barqaror boramiz», degan Peskov Baydenning so‘zlariga izoh berar ekan.

Kreml vakili ham turli savollarga ochiq javob berishdan bosh tortib, «boshqa qo‘shimcha qilmoqchi emasman», deya ta’kidlagan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring