Peskov Rossiya yadro qurolidan qay holatda foydalanishini aytdi
Rossiya yadroviy quroldan mamlakatning mavjudligiga tahdid tug‘ilganidagina foydalanishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 22 mart kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Peskov amaldagi milliy xavfsizlik konsepsiyasiga tayangan holda yadro qurolidan foydalanish asoslari haqida gapirdi.
«Unda siz yadroviy quroldan foydalanish uchun barcha asoslar haqida o‘qishingiz mumkin. Agar bizning mamlakatimiz uchun xatar tug‘ilgan taqdirda, konsepsiyaga muvofiq, undan foydalanilishi mumkin. Bunga qator boshqa asoslar ham bor, ular matnda sanab o‘tilgan», deydi Rossiya prezidentining matbuot kotibi.
Peskov Ukrainadagi vaziyat haqida «hech kim avval-boshdan maxsus amaliyot ikki kungina vaqt oladi, deb o‘ylagan emas. Bu jiddiy maqsadlarga ega bo‘lgan jiddiy amaliyotdir», degan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter