Koronavirusning ilk qurboni haqida tafsilotlar ochiqlandi
COVID-19» koronavirus infeksiyasi oqibatida olamdan o‘tgan ilk inson haqidagi tafsilotlar bugun, 28 fevral kuni ochiqlandi, deya xabar berdi «Argumenti.ru».
Birinchi qurbon 85 yoshli kishi bo‘lib, kasallik uning o‘pkalarini ishdan chiqargan edi.
Ta’kidlanishicha, kasalxonaga keltirilgan payti bu insonning issig‘i chiqmagan, koronavirus qo‘zg‘agan pnevmoniya alomatlari ham aniqlanmagandi. Faqat o‘ninchi kunga kelib bemorning tomog‘ida qichishish paydo bo‘lib, tana harorati ko‘tarilib ketgan. O‘shandagina kompyuter tomografiyasi uning o‘pkasida infeksiya o‘choqlari borligini aniqladi.
Aniq tashxis kuzatuvlarning 13-kuniga kelib qo‘yildi. 28-kuni esa bemor koronavirus paydo qilgan pnevmoniya oqibatida vafot etdi. Tanasini yorib ko‘rishganida o‘pkalariga juda jiddiy ziyon yetgani ma’lum bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter