O‘zbekistonda qaysi davlat kapitali eng ko‘p o‘zlashtirilmoqda?

O‘zbekistonda eng ko‘p Xitoy kapitali o‘zlashtirilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 107,1 trln so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 68,9 % ga yetgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
— Xitoy – 23 %
— Rossiya – 13,8 %
— Turkiya – 8,5 %
— Saudiya Arabistoni – 7,2 %
— BAA – 4,8 %
— Germaniya – 3,8 %.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter