Ko‘p qavatli uy kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashib kelmoqda
![Ko‘p qavatli uy kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashib kelmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_3325538773.jpg)
Ko‘p qavatli imorat kattaligidagi 2011 ES4 asteroidi Yerga yashirin xavf solmoqda. Bu haqda NASA saytida xabar berilgan.
1-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:12 da asteroidning Yerga yaqinlashishi kutilyapti. Agentlikning ma’lum qilishicha, osmon jismining kattaligi 22 — 49 metr atrofida. U sayyoramizga taxminan 120 ming kilometr masofada yaqinlashadi — taqqoslash uchun: bu Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 3,2 baravar kam degani. Asteroidning uchish tezligi soniyasiga 7-8 metrni tashkil etadi.
2011 ES4 asteroidi 2011-yil 2-mart kuni kashf etilgan. U «Apollonlar» guruhiga mansub. Ushbu asteroidlarning uchish trayektoriyasi yer orbitasi bilan kesishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter