Kongoda Ebola virusi yana avj oldi
Kongoning sharqiy qismida Ebola virusining yana qayta avj olishi sababli 20 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda. Navbatdagi epidemiya virusning mamlakat shimoliy g‘arbida tarqalishi to‘xtagandan so‘ng boshlangan.
«Shimoliy Kivuning sharqiy provinsiyasi gemorragik holatdagi 26 ta huruj holati haqda xabar berdi. Ulardan 20 tasida o‘lim qayd etilgan», - deya xabar qilgan Sog‘liqni saqlash vaziri Olya Ilunga Kalenga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda masofasi 2500 km bo‘lgan ikki hududdagi epidemiyaning bir-biriga bog‘liqligi aniqlanmagan.
Bundan avvalgi kasallik huruji 33 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter