Kolumbiya g‘arbida taniqli jurnalistni o‘ldirib ketishdi
Kolumbiya hukumati mamlakat g‘arbidagi Vale-del-Kauka departamenti Tulua shahrida jurnalist Markos Efrain Montalvo qotilligini tekshirmoqda.
«Shahar meri Jon Xayro Gomes Agirre taniqli jurnalist Markos Efrain Montalvo Eskobar qotilligini qattiq qoralaydi», — deb yozadi Tulua ma’muriyati Twitter blogida.
Dushanba kuni kechasi noma’lum shaxs mototsiklda La-Esperansa tumaniga kelgan va ko‘chada ketayotgan jurnalistga qarata bir necha marta o‘q uzgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida tuman rahbari rasmiylar qotillik yuzasidan tergov ishlarini boshlaganini va marhumga hujumdan oldin tahdidlar bo‘lmaganini ma’lum qildi. Hukumat mintaqada xavfsizlik kengashini o‘tkazib, shaharda harbiylar bo‘lishini muhokama qilmoqchi.
Tuluada jurnalistni oxirgi marta 2020-yil dekabrda otib ketishgandi. O‘shanda o‘qdan yaralangan «Qhubo» gazetasi bosh muharriri Felipe Gevara shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter