Klimatologlar rekord darajadagi issiq qishni bashorat qilishmoqda – hamma joydami?
Xitoylik olimlar bu qishda sayyoramizning katta qismida rekord darajadagi yuqori harorat bo‘lishini bashorat qilmoqda. Ammo bu «iqlim bonusi» Rossiyaga ta’sir qilmaydi.
Xitoy Fanlar akademiyasi Atmosfera fizikasi instituti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xitoylik klimatologlar 2023-2024-yillar qishida Yerdagi o‘rtacha harorat rekord darajaga yetishini hisoblab chiqdi. Ya’ni bu yilgi qishki harorat o‘n yilliklardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan bir daraja Selsiyga oshib ketishi 95% ehtimolga ega.
Yevroosiyo, Markaziy va Janubiy Amerika o‘rta kengliklarining aksariyat hududlarida rekord darajadagi yuqori harorat kutilmoqda. Qish 1991-yildan beri eng issiq bo‘lishi taxmin qilinayotgan Xitoyda harorat ayniqsa keskin ko‘tariladi.
Arktika, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarida havo harorati ayniqsa sezilarli darajada ko‘tariladi (1,1 dan 1,4 darajagacha). Kanada va Alyaska, shuningdek, Janubiy va Markaziy Amerikaning ekvatorial hududlari, janubiy Afrikaning bir qancha hududlari va Avstraliyaning shimoli-g‘arbiy qismida ekstremal isish kuzatiladi.
Ammo qishki harorat past bo‘lib qoladigan yoki hatto pasayadigan hududlar ham bor: bular G‘arbiy Yevropa hududlari, Yevropa mintaqalari va Rossiyaning Uzoq Sharqi, shuningdek, AQSh va Argentina. Bu Tinch okean va boshqa okeanlar ustidagi havo harakatining o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter