Keyptaundagi parlament binosida yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 2-yanvar kuni tongda Keyptaun (JAR)dagi parlament binosida yong‘in chiqdi. Bu haqda «Agence France-Presse» xabar berdi.
Bino tomi yongan, shuningdek, olov Milliy yig‘in (quyi palata) binosiga ham o‘tgan.
Mamlakat prezidenti Siril Ramafosa hodisa yuz bergan joyga yetib kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga sababchilikda gumon qilingan bir shaxs qo‘lga olingan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q, biroq parlament binosiga jiddiy shikast yetgan, xususan, binoning tomi qulab tushgan. Bundan tashqari, binoda saqlanayotgan tarixiy buyumlarga zarar yetgan bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter