«Katta yettilik» «rus oltini»ni taqiqlaydi
«Katta yettilik» — G7 davlatlari Rossiyadan oltin import qilinishini taqiqlaydi. AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Yaponiya ushbu choraga kelishib oldi, deya xabar berdi britan bosh vaziri Boris Jonsonning devoni.
Taqiqlovga Rossiyada bundan buyon qazib olinadigan va qayta ishlanadigan oltin importi tushmoqda, oldin sotib olingan oltinni yetkazib berishga sanksiya qo‘llanilmaydi.
Boris Jonson G7 ning qolgan mamlakatlari (Germaniya, Fransiya, Italiya)ni ham tashabbusga qo‘shilishga chaqirdi.
Ma’lumotda aytilishicha, Rossiya 2021-yilda 12,6 mlrd funt sterling ($15,5 mlrd) qiymatidagi oltinni eksport qilgan.
Sanksiyaga tushadigan rus oltini importi qiymati 13,5 mlrd funt sterling ($16,5 mlrd)ni tashkil etishi kutilmoqda.
G7 «rus oltini»ga cheklovni rasman 28-iyunda e’lon qilishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter