JSST: So‘nggi 20 yilda dunyoda chekuvchilar soni 300 million nafarga kamaydi

JSST barcha a’zo davlatlarni tamaki mahsulotlari iste’moli, ishlab chiqarilishi, realizatsiya va targ‘ibotini qat’iy tartibga solishga chaqirmoqda.
So‘nggi 20 yilda dunyo bo‘yicha tamaki iste’moli qariyb uchdan bir qismga qisqargan. Bu davr ichida chekuvchilar soni 300 million nafarga kamaydi, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida.
JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning qayd etishicha, bu — 20 yil avval kuchga kirgan Tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha hadli konvensiya samarasi.
Shunga qaramay, pasayish tendensiyasi xotirjamlik uchun asos bo‘la olmaydi. Chunki tamaki hanuz dunyo bo‘ylab oldini olish mumkin bo‘lgan o‘lim holatlarining asosiy omili bo‘lib qolmoqda. Ya’ni, ushbu illat oqibatida yiliga 8,7 million odam hayotdan ko‘z yummoqda.
Qolaversa, tamaki tutuni passiv chekuvchilar, ya’ni yon-atrofdagi insonlar hayotini ham zaharlamoqda. Xuddi shu omil yiliga 1,2 million nafardan ziyod kishining o‘limiga sabab bo‘lyapti.
JSSTning qat’iy xulosasiga ko‘ra, qaysi turda va qancha dozada bo‘lmasin, tamaki iste’moli sog‘liq uchun zararli.
JSST barcha a’zo davlatlarni tamaki mahsulotlari iste’moli, ishlab chiqarilishi, realizatsiya va targ‘ibotini qat’iy tartibga solishga chaqirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter