Jo Bayden «11-sentyabr sirlari»ni fosh qilmoqchi
AQSh prezidenti Jo Bayden 2001-yil 11-sentyabr teraktlari bilan bog‘liq yangi materiallarni maxfiylikdan chiqarish tartibini ishga tushirish to‘g‘risida farmonni e’lon qildi.
«Amerika xalqi 11-sentyabr voqealarining 20 yilligi arafasida, o‘sha mash’um hujumlar haqida o‘z hukumati biladigan narsalardan to‘liq voqif bo‘lishga loyiqdir. AQSh hukumati maksimal darajada oshkoralikni saqlab qolishi va faqat o‘ta maxfiy ma’lumotlarnigina ochiqlamasligi kerak», — deyiladi farmonda.
Bayden mamlakat bosh prokurori Merrik Garland, Adliya vazirligi va boshqa tegishli idoralarga olti oy ichida bir qator hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishni topshirgan.
«Bugun men AQSh Adliya vazirligi va boshqa tegishli idoralarga FTB tergovlari bilan bog‘liq hujjatlarni 11 sentyabr voqealari maxfiyligini nazorat qilishni buyurgan farmonga imzo chekdim. Farmon bosh prokurordan maxfiy hujjatlarni keyingi olti oy ichida ochiqlashni talab qiladi» — deya prezidentning so‘zlarini keltiradi Oq uy.
Bayden AQSh prezidenti lavozimini egallagan kuniyoq bundan yigirma yil avval mamlakatda sodir etilgan terroristik hujumlar to‘g‘risidagi hujjatlarni oshkor etilishini ta’minlash majburiyatini olgan.
«Biz bu fojiali hodisaning 20 yilligiga yaqinlashayotganimizda, o‘z zimmamga yuklatilgan vazifamni bajaraman», — degan Bayden.
Maxfiy ma’lumotlarni ochiqlash Baydenning saylovoldi va’dalaridan biri edi.
Qurbonlarning oilalari avvalroq Bayden 20 yil oldingi voqealarga Saudiya hukumati aralashganiga oydinlik kiritishi mumkin bo‘lgan hujjatlarni oshkor qilmasa, qurbonlarni xotrlash munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga qarshi bo‘lishlarini e’lon qilishgan.
Nyu-Yorkdagi egizak minoralar va Pentagon binosini 2001-yil 11-sentyabrda o‘g‘irlangan yo‘lovchi samolyotlarda nishonga olgan 19 kishidan 15 tasi Saudiya fuqarolari edi.
Yana bir o‘g‘irlangan samolyot Pensilvaniya shtatidagi dalaga qulab tushgandi. Uch mingga yaqin odam «Al-Qoida» guruhi uyushtirgan terrorchilik hujumlari qurboniga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter