Tramp 11 sentyabrdagi teraktlar sirini ochmoqchi
Donald Tramp AQSh prezidentligiga o‘tkaziladigan saylovlarda g‘alaba qozonsa, 11 sentyabrdagi teraktlar bo‘yicha hujjatlarni maxfiylikdan chiqarishga va’da berdi.
Siyosatchi saylovda g‘alaba qozonsa, buni uddalay olishini aytdi. Bundan tashqari, u AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi va Jeffri Epshteynning ishi bo‘yicha materiallarni fosh etishga tayyor.
Avvalroq Tramp saylovda g‘alaba qozongan taqdirda milliarder Ilon Maskni o‘ziga maslahatchi etib tayinlamoqchiligini bildirgandi.
AQShda prezidentlik saylovlari 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadi. Donald Tramp va Jo Bayden bu lavozimga asosiy nomzodlar sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter