11 sentyabr haqidagi o‘zbek kinosi premerasi bo‘lib o‘tadi
Kinematografiya agentligi tomonidan 28 sentyabr 3 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “101-reys” badiiy filmining katta premerasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur kinokartina agentlik buyurtmasiga binoan “Yoshlik kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan. Unda 2001 yil 11 sentyabr kuni mash’um terakt tufayli Toshkent-Nyu-York yo‘nalishida parvoz qilgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti ekipaj a’zolarining favqulodda jasorati to‘g‘risida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Akrom Shohnazarov, ikkinchi rejissyor Go‘zal Yusupova, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, rassom Alisher To‘laboyev.
Filmda bosh qahramon rolini Hoshim Arslonov ijro qilgan. Rollarda Umid Iskandarov, Samiddin Lutfullayev, Lola Eltoyeva, Nigina Anorboyeva, Bahora Arslonova, Erkin Bozorov va boshqalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter