Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jeki Chan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

Jeki Chan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

Shu yilning 25 dekabrga o‘tar kechasi jang san’ati ustasi va taniqli xitoylik aktyor Jeki Chan Shanxaydagi Lin Shan shifoxonasiga olib ketildi. OAV xabariga ko‘ra, uning ahvoli og‘ir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jeki Channing og‘ir ahvoli haqidagi xabarlar Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridan faol ravishda o‘chirilmoqda, uning ahvoli haqida ma’lumot almashayotgan foydalanuvchilarning akkauntlari bloklangan.

Avvalroq Sony pictures kompaniyasi The Karate kid 2 filmining aktyorlar tarkibini e’lon qilgandi. Filmdagi asosiy rollardan birini Jeki Chan ijro etishi kerak.

59 yoshli Jeki Chan kinodagi faoliyatini kaskadyor sifatida boshlagan. Channing birinchi omadli loyihasi 1978-yilda ishlangan "Burgut soyasida ilon" komediyasi edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring