Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina-Rossiya: Jasadlar almashindi, asirlar ham...

Ukraina-Rossiya: Jasadlar almashindi, asirlar ham...

Urush o‘z nomi bilan urush, qurbonlar har ikki tomondan ham beriladi. Har qanday urushda g‘olib bo‘lmaydi, degan ibora ana shu jihatga atalgan.

Rossiya «G‘alaba bizning qo‘limizda» deb jar solayotgan, Ukraina «Yengilmaymiz» deb turgan bir paytda ikki tomondan halok bo‘lgan yigitlar soni kam emas. 

Ukraina Prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak telegramm kanalida ma’lum qilishicha, Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan jangchilari jasadlarini almashishgan. Xabarda Rossiya bilan muzokaralar oson kechmagani ta’kidlangan.

Ma’lum qilinishicha, Ukraina Rossiyaga 62 rus askari jasadini qaytargan. O‘z navbatida, Rossiya Ukrainaga qancha jasadni bergani aytilmagan. Shuningdek, almashinish manzili, mutasaddilar borasidagi ma’lumotlar ham ma’lum qilinmadi.

Ukrainaning harbiy asirlar ishlari bo‘yicha maxsus shtab telegramm kanalida esa 32 nafar ukrainalik harbiy asirlikdan ozod qilingani, ularni Rossiya Ukrainaga topshirgani ma’lum qilingan.  Ozodlikka chiqqan harbiylarning 3 nafari ofitser, 28 nafari oddiy askar va bir nafari dengizchi, eng kichigi 22 va eng kattasi 51 yoshda. Asirlarning ko‘pchiligi haqida ularning yaqinlariga «bedarak yo‘qolgan» deb aytilgan.

Maxsus shtab keyingi almashinuvlarga tayyorgarlik ko‘rilayotganini  ta’kidlagan.

Rossiya tomoni hozirga qadar mavzuga oid biror bayonot bermagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring