Janubiy Koreyada avtomobil yo‘lidagi yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Bugun Janubiy Koreyaning Gvacheon shahrida (Kyongi provinsiyasi) avtohalokat natijasida tunneldagi avtomobil yo‘lida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
Hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, yana 37 kishi tan jarohati olgan, 34 kishi esa zaharli gazdan zaharlangan.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan 13:50 atrofida tezyurar tunnelda avtobus yuk mashinasiga borib urilganidan keyin boshlangan. Yuk mashinasidan yong‘in tunnel paneliga o‘tgan.
Yong‘inda kamida 44 ta avtomobil yonib ketgan, ular tunnelda izolyasiya qilingan. Voqea joyiga 77 ta yong‘in o‘chirish texnikasi yetib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter