Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbul hokimi qamaldi

Istanbul hokimi qamaldi

Foto: NBC News

Turkiya sudi Istanbul hokimi Ekrem Imamog‘luni 2 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

NTV telekanali xabar berishicha, Imamog‘lu Turkiya Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini haqorat qilganlikda ayblangan.

2019-yili Istanbul shahri hokimligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda Ekrem Imamog‘lu asosiy raqibi — Turkiya adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Binali Yildirim ustidan g‘alaba qozongan.

2023-yilda Turkiyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi, unda Imamog‘lu amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga raqib bo‘lishi kutilayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring