Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil yana G‘azodagi shifoxonaga yaqin hududlarni bombaladi

Isroil yana G‘azodagi shifoxonaga yaqin hududlarni bombaladi

Kecha, 9-noyabr tunda G‘azo sektoridagi Indoneziya kasalxonasiga yaqin hududlarga Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan uchirilgan 11 ta snaryad kelib tushgan.

Indoneziya shifoxonasi atrofidagi hududni nishonga olgan Isroil havo hujumlari haqidagi xabarlarni Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqladi. Havo hujumi oqibatida tibbiyot muassasasiga zarar yetkazilgan.

«Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi Indoneziya kasalxonasiga eng yaqin hududda joylashgan Talizatar hududini nishonga olgan. Kasalxonaga jiddiy zarar yetdi», – dedi Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lalu Muhamad Iqbol.

Diplomatning aniqlik kiritishicha, bombardimondan so‘ng shifoxona ish faoliyati muvofiqlashtirilgan. Kasalxonada ko‘ngilli bo‘lgan va G‘azodan evakuatsiya qilinishni istamagan uch indoneziyalikka zarar yetmagan.

Shuningdek, u Isroil havo kuchlarining jamoat joylari va tinch aholiga uyushtirgan hujumlarini qoralagan.

«Indoneziya fuqarolar va fuqarolik ob’yektlariga, ayniqsa G‘azo sektoridagi gumanitar ob’yektlarga qilingan vahshiyona hujumlarni yana bir bor qoralaydi», – dedi mamlakat TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, joriy hafta boshida Isroil Indoneziya kasalxonasini HAMAS uchun operatsiyalar bazasi sifatida xizmat qilganlikda ayblagan, Indoneziya hukumati va shifoxona rahbariyati esa  ayblovni rad etgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring