Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil va HAMAS o‘rtasida mahbuslarning ikkinchi guruhi almashildi

Isroil va HAMAS o‘rtasida mahbuslarning ikkinchi guruhi almashildi

39 nafar falastinlik mahbus 13 nafar isroillik va 7 nafar xorijlik evaziga ozod qilindi. Bu haqda Euronews Xalqaro Qizil Xoch tashkilotiga tayanib xabar bermoqda.

HAMAS garovga olingan 13 nafar isroillik va 7 nafar xorijlikni 39 nafar falastinlik asir evaziga Xalqaro Qizil Xoch tashkilotiga topshirganini ma’lum qilgan.

Avvalroq HAMAS G‘azo sektorida garovga olinganlarning ikkinchi guruhini ozod qilishni Isroil «kelishuvga amal qilishni boshlamaguniga qadar» qoldirayotganini ma’lum qilgan edi.

«Izziddin al-Qassam brigadalari «gumanitar yordam ortilgan yuk mashinalarining G‘azo sektori shimoliga kirishini» va falastinlik mahbuslarni ozod qilishda «tanlash mezonlariga» rioya qilishni talab qilmoqda», – deyilgan edi harakat bayonotida.

Isroil hukumati HAMASning ushbu harakatlaridan so‘ng garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv qayta tiklanganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Qatar TIV isroillik garovga olinganlarning ikkinchi guruhini ozod qilish jarayonidagi kechikish Qatar va Misr ishtirokida bartaraf etilganini ma’lum qildi.

HAMAS Misr va Qatar Isroilning shartlarga sodiqlik kafolatlarini yetkazganidan so‘ng mahbuslar almashinuvi kelishuvini amalga oshirishda davom etishini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring