Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil-Falastin mojarosi qurbonlari soni 1,6 mingdan ortib ketdi

Isroil-Falastin mojarosi qurbonlari soni 1,6 mingdan ortib ketdi

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) Isroil va Falastinning G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha navbatdagi tezkor yangilanishni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, har ikki tomon qarshi tomon pozitsiyalariga intensiv hujumlar uyushtirishda davom etgan.

Dushanba oqshomida Xamasning Isroilga hujumi natijasida jami 900 dan ortiq isroillik, shuningdek, chet el fuqarolari halok bo‘lgani aytilmoqda.

Isroil SSV ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 2616 kishi jarohat olgan.

Falastin SSVga ko‘ra esa 687 falastinlik halok bo‘lgan, yana 3800 nafari yaralangan.

Oxirgi 24 soat ichida G‘azo sektoridagi ommaviy ko‘chirilishlar soni 187 518 dan ortiq kishiga yetdi va bundan buyon ham ortishi kutilmoqda.

BMTning bildirishicha, G‘azo sektorida vaqtinchalik ko‘chirilganlar soni 2014-yilda 50 kunlik janglar avj olganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring