Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroqda 15 nafar IShID jangarisi yo‘q qilindi

Iroqda 15 nafar IShID jangarisi yo‘q qilindi

Foto: «Haber7.com»

«Iroq havo kuchlariga qarashli harbiy samolyotlar Diyola shahrining shimoliy-g‘arbida 15 nafar IShID jangarisini yo‘q qildi», – deya bayonot bergan Diyola politsiyasi kapitani Habib ash-Shammoriy. Bu haqda «Haber7.com» sayti xabar bermoqda.

Diyora shahrida bir guruh terrorchilar qo‘poruvchilik harakati uyushtirishmoqchi bo‘lgani haqidagi xabar politsiya xodimlariga yetib kelgan. Ularga qarshi darhol havo hujumi uyushtirilgan.

Hujumda IShID jangarilariga tegishli 3ta harbiy transport vositasi yo‘q qilingan.

Iroq bosh vaziri Haydar al-Ibodiy 2017 yil dekabr oyida terrorchi guruh IShID tugatilganini ma’lum qilgan edi. Biroq hanuz Iroqda terrorchi guruhning ayrim gumashtalari vaqti-vaqti bilan qo‘poruvchilik harakatlarini uyushtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring