Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Irlandiyada samolyot qahva tufayli qo‘nishga majbur bo‘ldi

Irlandiyada samolyot qahva tufayli qo‘nishga majbur bo‘ldi

Foto: «Businessghana»

Irlandiya aeroportida bortida 326 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot uchuvchi to‘kib yuborgan qahva tufayli qo‘nishga majbur bo‘ldi. Favqulodda holat aslida 6 fevral kuni sodir bo‘lgan, faqat Buyuk Britaniya transport vazirligining uchish hodisalarini tekshirish bo‘limi natijalarni endi e’lon qildi.

«KP»ning xabar berishicha, havo kemasining 49 yoshli kapitani qahvali stakanni stolga qo‘ygan va ichimlikni bexosdan asbob-uskunalar doskasiga to‘kib yuborgan. Suyuqlik tufayli texnikada chaqnash sodir bo‘lgan va uchuvchi Irlandiyaga qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan. Bunda Airbus 330 Frankfurtdan Meksikaga parvoz qilayotgandi.

Ma’ruzada ta’kidlanishicha, uchuvchilarning ichimliklar uchun maxsus tutqichi mavjud. Biroq komissiya undan foydalanish noqulayligini, chunki teshik haddan tashqari kattaligi, u yerdan kichkina stakan tushib ketishini tan olgan. Shunga ko‘ra ekipajga ichimlik qopqog‘ini yopish tavsiya etiladi – bunda ag‘darilgan suyuqlik kamroq to‘kiladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring