Odamlar umriga zomin bo‘layotgan toshqinlar
Dam olish kunlari Sharqiy Timor poytaxti va eng yirik shahri Dili hamda mamlakatning boshqa hududlarida kuchli suv toshqinlari ro‘y berdi. Natijada 27 kishi halok bo‘ldi, deyiladi hukumat saytidagi xabarda.
Shuningdek, suv toshqini katta moddiy zarar yetkazgan, minglab odamlar uysiz qolgan... Kamida 27 kishi vafot etgan, yana 8 kishining o‘limi tasdiqlanishi kutilmoqda. Xususan, Dilida hozirda 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 7000 dan ortig‘i uysiz qoldi.
Mamlakat bosh vaziri Taur Matan Ruak tezkorlik bilan fuqaro muhofazasi va tabiiy ofatlar bo‘yicha komissiyaning tegishli choralarini muvofiqlashtirish yig‘ilishini o‘tkazdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter