Indoneziyadagi tabiiy ofat odamlarning umriga zomin bo‘ldi
Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasida 5 kishi suv toshqini qurboni bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tempo mahalliy gazetasi tabiiy ofatlarni bartaraf etish bo‘yicha mintaqaviy idoraga (BPBD) tayanib.
Portalning xabar berishicha, Batu shahri hududida suv toshqini payshanba kuni boshlangan.
«Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra... topilgan beshta jasaddan uchtasi noma’lumligicha qolmoqda», — dedi departament matbuot kotibi Abdul Muxariy.
Indoneziya Qizil Xoch jamiyati, harbiylar va politsiya vakillaridan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi besh kishini qutqardi. To‘rt kishi bedarak ketgan. Gazetaning qayd etishicha, mahalliy aholi va hukumat vakillari bedarak yo‘qolganlarni izlash va vayronalarni demontaj qilish ishlarini faol olib bormoqda, chunki suv toshqini to‘xtagan.
Departament evakuatsiya qilingan aholiga yordam ko‘rsatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter