Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda kamida 10 kishi kuchli bo‘ron oqibatida halok bo‘ldi

AQShda kamida 10 kishi kuchli bo‘ron oqibatida halok bo‘ldi

Foto: Unsplash

O‘tgan dam olish kunlari AQShning aksariyat hududlarida kuzatilgan kuchli bo‘ron oqibatida kamida 10 kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi. Ayrim shtatlar suv toshqinlaridan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi CNN.

Kentukkida daryo va irmoqlar kuchli yomg‘ir oqibatida o‘zanidan chiqib, yo‘llarni suv bosdi. Shtat gubernatori Endi Beshirning aytishicha, suv toshqini iskanjasida qolgan yuzlab odamlar qutqarildi. Odamlarga imkon qadar yo‘lga chiqmaslik tavsiya etilmoqda.

Tabiiy ofat 9 nafar kentukkilikning o‘limiga sabab bo‘ldi. Gubernatorning ta’kidlashicha, qurbonlar soni oshishi mumkin. Shuningdek, Jorjiya shtatida bir kishi halok bo‘ldi.

Kentukkida daryo sathi tarixiy maksimumga ko‘tarildi. Kentukki va yana ayrim shtatlarda favqulodda vaziyat e’lon qilindi. Bo‘ron oqibatlari Alabama, Arkanzas, Men, Vermont, Yuta va boshqa shtatlarda ham kuzatilmoqda. Ko‘p joylarda ko‘chki xavfi e’lon qilingan.

Bo‘ron AQShning turli qismlarida 330 mingdan ziyod insonni elektrsiz qoldirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring