Indoneziyada keksa ayol to‘rt metrli piton qurboni bo‘ldi
Indoneziyada to‘rt metrli piton 74 yoshli ayolga hujum qilib, uni halok qildi va yutib yubormoqchi bo‘ldi.
CBS News telekanaliga ko‘ra, fojia 14 avgust kuni sodir bo‘lgan. Qarindoshlari Maga ismli keksa ayolning g‘oyib bo‘lganini payqashgan. Oila uni qidirishga kirishdi. Natijada bedarak yo‘qolgan ayolning jasadi bosh va oyoqlaridan ilonning tish izlari bilan topilgan. Yaqinida to‘rt metrli ilon yotardi.
Guvohlarning ta’kidlashicha, piton tanani yelkasigacha yutgan, ammo to‘liq hazm qilishga ulgurmadi: mahalliy aholi pitonni o‘ldirishgan.
«2024 yilning iyun oyidan beri Indoneziyada odamlarga uch marta piton hujumi qayd etilgan, uch holatda ham ayollar ulkan ilon qurboni bo‘lgan», — deya qo‘shimcha qiladi nashr.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter