Indoneziya sohillarida yana kuchli zilzila ro‘y berdi

Indoneziyaning Flores dengizi sohillarida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
Zilzila bugun, 17 avgust kuni Butunjahon koordinatsiyalashgan vaqt bo‘yicha 15:35 da ro‘y bergan. Yer osti silkinishlari epimarkazi Indoneziyaning Komodo orolidan 135 km. shimolda va Makasar shahridan 255 km. janubda bo‘lib, 546 km. chuqurlikda joylashgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, zilzila Bali orolida sezilgan.
O‘z navbatida AQSh geologik xizmati «USGS» zilzila 6,5 magnitudali bo‘lganini xabar qilmoqda.
Qurbonlar, talofotlar va sunaami xavfi haqida e’lon qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni Indoneziya shimolidagi Lombok orolida 7 balli, undan so‘ng 5,4 va 4,3 balli zilzilalar kuzatilgan edi. 9 avgust kuni aynan o‘sha orolda yana 6,2 balli zilzila ro‘y bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter