Imo-ishoralar tiliga davlat tili maqomi berildi — Janubiy Afrika
Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa mamlakat parlamenti konstitutsiyaga kiritgan o‘zgartishlarni tasdiqladi, unga ko‘ra, janubiy afrikaliklarning imo-ishoralar tili davlat tili maqomiga ega bo‘ldi. Bu haqda «Business Tech» xabar berdi.
JARning G‘arbiy Kap viloyati hukumati janubiy afrikalar imo-ishoralar tili u shakllantirilgan inglizcha talqindan o‘ziga xos lingvistik tuzilmasi bilan farqlanuvchi alohida til ekanini belgilaganidan so‘ng ushbu qarorga kelingan.
JAR — davlat tillari soni bo‘yicha rekordchilardan sanaladi. Endi ularning soni 12 taga yetdi. Imo-ishoralar tilidan tashqari, afrikaans, ingliz, janubiy ndebele, soto, shimoliy soto, svazi, tsonga, tsvana, venda, kosa va zulu tillari davlat tili maqomiga ega. Qo‘shni Zimbabveda ham imo-ishoralar tili davlat tili hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter