JAR prezidenti qayta saylandi
Janubiy Afrika Respublikasi parlamentining quyi palatasi — Milliy assambleya Siril Ramafosani JAR prezidenti etib sayladi.
Yashirin ovoz berish natijalarini mamlakat bosh sudyasi Raymond Zondo e’lon qildi.
«Ramafosa 283 nafar deputatning ovozini oldi va men uni JARning saylangan prezidenti deya e’lon qilaman», — dedi Zondo bayonotida.
Davlat rahbarligi uchun nomzodi qo‘yilgan «Iqtisodiy erkinlik uchun kurashchilar» partiyasi yetakchisi Julius Malemaga 44 nafar deputat ovoz bergan.
«Afrika milliy kongressi» partiyasi yetakchisi hamda 2018-yildan JAR prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgan Ramofasaning g‘alabasini mamlakatdagi oq tanli ozchilik manfaatlarini himoya qiluvchi sobiq muxolifatchi Demokratik alyans bergan ovozlar ta’minlagani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter