Ilon Maskning Ukraina uchun «tinchlik formulasi» qimmatga tushdi
![Ilon Maskning Ukraina uchun «tinchlik formulasi» qimmatga tushdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1280356809.png)
Taniqli tadbirkor, sayyoramizning eng boy kishisi Ilon Mask Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi uchun o‘z taklifini berdi.
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Ukrainada urush tugashi uchun quyidagilar bajarilishi shart:
- Bosib olingan hududlarda BMT kuzatuvi ostida referendumlar o‘tkaziladi.
- Qrim Rossiyaga qaytariladi: 1783 yildan to «Xrushchevning xatosi»ga qadar bo‘lgani kabi.
- Qrim suv bilan ta’minlanadi.
- Ukraina neytral davlat bo‘lib qoladi.
Maskning taklifi munozaralarga sabab bo‘ldi, undan g‘azablanganlar ozchilik emas. Ammo eng ta’sirlisi bozor bo‘ldi: «olamshumul» bayonotdan so‘ng Tesla aksiyalari qiymati salkam 9 foizga arzonlashib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter