Ikki yoshli go‘dak unga yordam bermoqchi bo‘lgan onasini bexosdan bo‘g‘ib qo‘ydi
«Lenta» xabariga ko‘ra, 31 avgust kuni yosh oila farzandi bilan «Staroye Selo» qishlog‘iga mehmonga boradi. Tergov taxminlariga ko‘ra, Jabinka (Brest viloyati)da istiqomat qiluvchi 21 yoshli Yuliya Sharko (o‘sha kuni uning tug‘ilgan kuni edi) mashina oynasi orqali qiziga cho‘ziladi. Shunda qizaloq kutilmaganda oyna ko‘targich tugmasini bosib yuboradi. Mexanizm ayolning bo‘ynini qisib qoladi.
Ayolning turmush o‘rtog‘i o‘sha kuni chamasi 16:30 larda uni hushsiz holda topadi. U avtomobil oynasini sindiradi va «Tez yordam» chaqiradi. Ayolni og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazishadi. Unga asfiksiya (kislorod yetishmasligi natijasida bo‘g‘ilish, nafas qisishi) tashxisi qo‘yiladi. Bir haftadan so‘ng, 7 sentyabr kuni u hayotdan ko‘z yumadi.
Tergov qo‘mitasining tumanlararo bo‘limi tekshiruv o‘tkazmoqda. Huquq-tartibot organlari xodimlari hodisani har tomonlama o‘rganishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter