Ikki boshli bola tug‘ildi
Myanma poytaxti Neypido shahrida ikki boshli bola dunyoga keldi. Bu haqda «Myanmar Times» nashri xabar berdi.
Go‘dak 16-sentyabr, chorshanba kuni oqshom tug‘ildi. U oiladagi ikkinchi farzand hisoblanadi. Go‘dakning onasi 29 yoshli Sanda Min homiladorlikning sakkizinchi oyida shifoxonaga tushdi. Tug‘ruqdagi asoratlar tufayli chaqaloq Kesar kesish yo‘li bilan dunyoga keldi.
Go‘dakning og‘irligi — 2,5 kilogramm. Uning oyoq-qo‘llari ham, ichki a’zolari ham bitta odamga tegishli.
«Ikkinchi boshni hisobga olmaganda chaqaloq soppa-sog‘, — dedi shifoxona direktori. — Men avval ham siam egizaklarini ko‘rganman, biroq ikki boshli bolani birinchi marta ko‘rib turishim».
17-sentyabr kuni o‘g‘ilbolani poytaxtdagi ixtisoslashtirilgan pediatriya tibbiyot muassasasiga o‘tkazishdi. U hozir reanimatsiyada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter