Ijevskdagi maktabda otishma uyushtirganning shaxsi aniqlandi
Bir muddat oldin Rossiyaning Ijevsk shahridagi 88-sonli maktabida noma’lum shaxs tomonidan otishma sodir etilgani va oqibatda 13 nafar kishi, jumladan, bolalar ham qurbon bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Ushbu voqeaga sababchi bo‘lgan qotilning shaxsiga aniqlik kiritildi.
RF Tergov qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, otishma sodir etgan shaxs 34 yoshli Artem Kazansev ismli shaxs bo‘lgan. Qotil mazkur maktabning bitiruvchisi bo‘lganligi aytilyapti.
«Hozirgi vaqtda Rossiya Tergov qo‘mitasi tergovchilari uning yashash manzillarida tintuv ishlarini olib borishmoqda. Uning ishga aloqador tomonlari – shaxsi, dunyoqarashlari va qurollari o‘rganiladi. Shuningdek, uning neofashistik qarashlari hamda natsistlar mafkurasidan ta’sirdanganligi tekshiriladi», – deyiladi ma’lumotda.
Ma’lumot uchun, maktabga qurolli hujum uyushtirganida mazkur shaxsning egnida natsistlar timsoli tushirilgan qora futbolka bo‘lgani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter